Farg`onada mintaqaviy o'quv markazi boshlig'i kubogi musobaqasi o`tkazildi

17.Сен.2024

Milliy gvardiya Farg'ona mintaqaviy o'quv markazida 6 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasida sportning karate turi bo'yicha Mintaqaviy o'quv markazi boshlig'i kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi. Farg'ona, Andijon, Namangan viloyatlaridan tashrif buyurgan 135 nafar yosh sportchilar g'oliblik uchun kurash olib bordilar. Yoshlar murabbiylari tomonidan berilgan ko'rsatma va bilimlarni amalda qo'llab, tengdoshlari orasida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdilar. Qizg'in va murosasiz kurashlarga boy bo'lgan musobaqa yakuni natijalariga ko'ra, 3-o'rinni Andijon jamoasi, 2-o'rin esa Farg'ona viloyati jamoasiga nasib qilgan bo'lsa, shohsupaning yuqori cho'qqisini Namangan viloyati vakillari qo'lga kriritishdi. G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan kubog, diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan tarqirlandi.  Bu kabi sport tadbirlari yoshlarni muntazam ravishda sport bilan shug'ullanishlari hamda o'z mahoratlarini oshirishlari uchun muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech