Harbiy xizmatchilar va xodimlarning harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini, ma’naviy saviyasini va intellektual salohiyatini yuksaltirishni ta’minlash, ularda mamlakatimizning qadimiy va boy madaniyati, azaliy qadriyatlari, udumlari va an’analariga asoslangan keng dunyoqarashni shakllantirish. Harbiy xizmatchilar ongiga Vatan himoyasi har bir fuqaroning sharafli va muqaddas burchi ekanini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlash uchun mas’uliyat tuyg‘usini chuqur singdirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkillashtirish. Harbiy xizmatchilar, xodimlar, ishchi va xizmatchilar hamda ularning oila a’zolarining madaniy hordiq olishlarini ta’minlashga ko‘maklashish. Yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy kamol topishi bo‘yicha qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish, shaxsiy tarkib qalbida vatanparvarlik, burchga sadoqat, Vatanimiz kelajagi uchun daxldorlik hissini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaning samarali usullarini joriy etishga ko‘maklashish. San’at, musiqa va qo‘shiqchilik sohasida yosh ijodkorlarning samarali faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Yoshlar – O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi. «Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda sizlarning g‘ayrat-shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, ko‘nglim tog‘day ko‘tariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman».
Prezidentimizning beshta muhim tashabbuslarini amalga oshirish uchun to'garak, sektsiya, o'quv kurslar joriy etish, musobaqa, ko'rik tanlovlar o'tkazish hamda unga aholi va yoshlar qatlamini keng jalb etish
kishiga mo'ljallangan kontsert zali
ta xizmat ko'rsatish xonalari, kutubxona
ta to'garak va sektsiyalar uchun xonalar
kishiga mo'ljalangan kichik zallar