Tarbiya va ma’naviyat o‘chog‘i bo‘lgan – teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir. Teatrdan madaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi mumkin.
Bugun Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va ularning ularning oila a’zolari hamda Termiz shahridagi oilaviy bolalar tarbiyalanuvchilari Surxondaryo viloyati Musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi.
Tomoshabinlar uchun havola etilgan sahna ko‘rinishi oilani mustahkamlash, uning baxtli hayot kechirishini ta’minlash, farzandlarni to‘g‘ri tarbiyalash kabi muhim masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, barchada katta taassurot qoldirdi.
Bo`lishmoq: