Bolalar psixologiyasi markazi

Psixolog xizmatlari rivojlangan davlatlarda juda keng tarqalgan amaliyotdir. Mutaxassisning xizmatlari qiyin  vaziyatga tushib qolgan yoki turmush tarzini yaxshilashni istovchi mutlaqo sog‘lom odamga ham kerak bo‘lishi mumkin. Mutaxassisning xizmatlari har qanday kasbda yangi bosqichga ko‘tarilishda, o‘z ichki chegaralarini va noto‘g‘ri tushunchalarni yengib o‘tishda samarali yordam beradi.

Zamonaviy jamiyatdagi hayot tezligini, har birimiz duch keladigan muammolarni hisobga olsak, ko‘p holatlarda asabiylashmaslikning iloji yo‘q. Bunday vaziyatlar har birimizga tanish. Bu sababsiz tashvish, asabiylashishning kuchayishi va hatto jismoniy sezgilar (psixosomatika)ning darajasida ham namoyon  bo‘lishi mumkin.

Turli xil noqulay vaziyatlarni bartaraf etish va ularning paydo bo‘lishining asosiy sabablarini oldini olish uchun siz psixoanalitik psixolog xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ushbu mutaxassis bizning psixikamizning ongsiz qismi bilan ishlaydi va bolalik davridagi jiddiy jarohatlarni, shuningdek, hozirgi paytda yashashimizga to‘sqinlik qiladigan oqibatlarini yengishga yordam beradi.

Psixoanalitik yo‘nalishga qo‘shimcha ravishda, bir xil darajada samarali bo‘lgan yo‘nalishlar ko‘p (masalan,  noto‘g‘ri munosabatlarni  ijobiy tomon o‘zgartirishga qaratilgan kognitiv-hulq-atvor).

Mijozlar bilan bo‘lgan muloqot ularga  o‘zini va boshqalarni boricha qabul qilishni o‘rganishga,past baholovchi fikrlardan xalos bo‘lishga va umuman hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi.

Analitik yo‘nalish psixoanalizdan boshqa usullar ya'ni texnikalar , metaforalardan foydalangan holda ong osti bilan ham ishlaydi.

Markazimiz mutaxassislari samarali va turli usullardan foydalangan holda barcha yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi.

PSIXOLOGNING XIZMATLARI INSONGA QANDAY YORDAM BERISHI MUMKIN?
Psixologlar sizning holatingizni tahlil qilishi va hal qilish uchun eng dolzarb muammolarni aniqlashi mumkin. Maslahat berish xizmatidan tashqari, mutaxassislar ichki ziddiyatlarni to‘g‘ri va muloyimlik bilan tushunishga hamda undan xalos bo‘lishga yordam beradi.

Psixolog xizmatlaridan to‘plangan muammolarni mustaqil ravishda yengib o‘tish uchun yetarlicha ichki kuch yetishmaganida foydalanish mumkin. Mutaxassislar yordamida samarali ishlangan ba'zi masalalar ro‘yxati:

xavotirning kuchayishi;

  •  vahima hujumlari;
  •  uyqu tartibining buzilishi va bedorlik
  •  somatik kasalliklarning namoyon bo‘lishi;
  •  muloqotdagi qiyinchiliklar;

o‘ziga bo‘lgan ishonchning yo‘qligi

  • stresslar
  • depressiya;
  • vegetososudistaya distoniya;
  • oiladagi, kollektivdagi nizolar. 


Mutaxassislarga murojaat qilganda, inson muammoni hal qilishga o‘zi tayyor bo‘lishi kerak. Barchamizga ma'lumki, hech bir narsa shunchaki berilmaydi va hech kim o‘z-o‘zidan muammolardan qutqara olmaydi.

Mutaxassis sizning holatingizni tahlil qilib, to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltiradi va jarayonlarda kerakli darajada yordam beradi. Bu esa insonda  qiyinchiliklarni mustaqil ravishda yengib o‘tish qobiliyatini rivojlantirib, mijoz uchun eng maqbul xulq-atvor modelini shakllantiradi.

PSIXOLOGLAR BILAN YAKKA TARTIBDA ISHLASH QANDAY KECHADI?


Mijozning talablariga ko‘ra, usullar aniqlanadi, ular barcha yo‘nalishlarda farq qiladi, ammo juda samaralidir. Psixolog xizmati ham yakka tartibda hamda guruhli bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, oilaviy konsul'tasiyalar ham mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi.

Kattalar va bolalarga tashxis qo‘yishda turli usullar qo‘llaniladi. Ulardan muammoning mohiyatini va asosiy sababini ochishda foydalaniladi.

Mashg‘ulotlarning davomiyligi so‘rovning (yoki so‘rovlarning) murakkabligiga, mijozning o‘zi ustida ishlashga tayyorligiga va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq. Har bir narsa individual ravishda belgilanadi va psixoterapevt bilan shaxsan kelishib olinadi. Psixoanaliz ko‘pincha uzoq vaqt talab qiladi, ammo u muammolarni chuqur darajada hal qilishga qodir.

Yo‘nalishga qarab, mutaxassis tomonidan  vaziyatga eng mos keladigan  turli usullar qo‘llaniladi.

Psixolog ishining o‘ziga xos xususiyati mijozdagi o‘zgarishlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdir. Biroq, barcha yo‘nalishlar bir-biridan farq qiladi, shuning uchun ba'zida inson siqilishni his qilishi mumkin, lekin bu optimal davrlarda o‘sishga yordam beradi.

PSIXOLOGLAR TOMONIDAN GURUHLI O‘TKAZILGAN MASHG‘ULOTLARNING XUSUSIYATLARI.

Ruhiy salomatlik markazimizda bir nechta samarali bo‘lgan guruh mashg‘ulotlari mavjud. Guruhlar bir xil yoshdagi mijozlardan tuziladi. Quyidagi usullar noqulaylikni oldini olish  va yengishda yordam beradi:


1. Art terapiya - ham bolalar, ham kattalarga mo‘ljallangan bo‘lib, bu usulda mutaxassislar ijodiy yondoshuv asosida psixologik tuzatish ishlarini olib borishadi. Mashg‘ulotlar davomida ijodkorlik qobiliyati faollashadi. Mijozlar o‘zlarining his-tuyg‘ulari va tajribalarini qog‘ozda yoki modellashtirish jarayonida yaratilgan ramzlar, tasvirlar shaklida ifodalaydilar. Talablarga binoan mijoz holatini guruh a'zolari  yoki mutaxassis bilan alohida muhokama qilishlari mumkin.


2.Psixomuskul treningi. Mazkur mashqlar to‘plami insonga dam olish va xotirjamlikni his qilishga imkon beradi. Stress  mushaklar taranglashishi bilan bevosita bog‘liq. 

Jismoniy mashqlar paytida mushaklar bo‘shashib, qo‘rquv va tashvish kamayadi. Har bir seans faol o‘tkazilib,bu jiddiy mashg‘ulotlar hisoblanadi.

3.Avtogenik mashg‘ulotlar. Mashg‘ulotlarning mohiyati qisqa muddatli meditasiyalarga to‘g‘ri keladi. Guruh a'zolari maxsus mashqlar va installyasiyalar yordamida tinch holatga o‘tadilar. Bu kabi mashg‘ulotlar asosan nevroz, psixosomatik kasalliklar va vahima hujumlariga chalingan mijozlar bilan olib boriladi.

4.Aloqa treninglari. Qo‘rquv, muloqotdagi qiyinchiliklar, mehnat jamoalari va jamiyatdagi ziddiyatli vaziyatlarni yengish uchun ajoyib mashg‘ulot. Darslar davomida guruh a'zolari muloqot qilishni o‘rganadilar, ichki his-tuyg‘ularini gapirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi hamda o‘z fikrlarini muhokama qilish uchun takliflar berishadi.

Bu kabi treninglar yangi tanishlar orttirish va jamoalarda barqaror munosabatlarni saqlash bilan bog‘liq muammolarni boshdan kechirayotgan insonlar uchun samarali hisoblanadi

Bolalar guruhlari uchun o‘yin va ertak terapiyasining samarali ekanligi o‘z isbotini topdi. Bolajonlar hayoliy qahramoni haqida ertak aytib berayotganda,  o‘z muammosi va qo‘rquvini hikoya qahramonida aks ettiradi va shu orqali psixoterapevtga uni tashvishga solayotgan narsani "oshkor qiladi".

Bola tomonidan yaratilgan tasvirlarni to‘g‘ri talqin qilishda  psixologga kichik mijozni kuzatishi va o‘rganishi uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng, mutaxassis o‘z ertagini  yanada samarali xatti-harakatlar hamda turli o‘yinlar bilan aytib beradi va bu orqali bolaga vaziyatga qarab harakat qilish, shu bilan birga, har bir narsaning yaxshi tomonini topish  mumkinligini tushuntiradi.

PSIXOLOG QABULIGA KIRISH UCHUN NIMA QILISH KERAK?

 

Maslahat markazimizda psixolog xizmatlaridan hamma foydalanishi mumkin, buning uchun qo‘ng‘iroq qilish yoki ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga yozma murojaat qilish kerak. O‘zingizdagi mavjud muammolarga kelsak, menejer  tegishli yo‘nalishdagi mutaxassis bilan bog‘laydi.

Mijoz o‘z xohishiga ko‘ra maslahat olishda psixolog tanlash huquqiga ega. Masalan, ko‘pchilik uchun mutaxassisning jinsi va yoshi muhimdir.

Markazimiz psixologlari muntazam ravishda malakalarini oshirib boradilar, bu esa o‘z navbatida ularga eng yuqori darajada tegishli xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech