Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiyaning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun!" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda taniqli olima, professor Shermuhamedova Jamila Toshpo‘latovna ishtirok etdi. Suhbat davomida milliy qadriyatlar, istiqlol g‘oyasi, yosh avlod tarbiyasi va vatanparvarlik masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir shaxsiy tarkib qalbida yurtga muhabbat, fidoyilik va mas’uliyat hissini yanada oshirishga xizmat qilib, ular uchun chuqur ma’naviy taassurot qoldirdi.
Bunday uchrashuvlar gvardiyachilarning ijtimoiy-ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutib, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.