24 yanvar kuni "YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O'ZBEKISTON UCHUN!" shiori ostida Toshkent shahri Yakkasaroy tumani “Qushbegi” mahallasidagi 1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabida Milliy gvardiya Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan "Mahallada duv-duv gap" ma'naviy-ma'rifiy, madaniy-musiqiy bayram tadbiri o‘tkazildi.

25.Yan.2024

Unda Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligining harbiy bo‘linmalari, orkestr jamoalari, otliq askarlari, mahalla aholisi va yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida harbiylar tomonidan texnikalar ko‘rgazmasi, harbiy chiqishlar va orkestr jamoasining kuy-qo‘shiqlari bayram ishtirokchilariga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech