30-sonli Mehribonlik uyida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o`tkazildi

27.Avg.2025

30-sonli Mehribonlik uyida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida bolajonlar “Namangancha osh”, “Toshkent choyxona palovi”, “Jizzax oshi” hamda “Parkent oshi” tayyorlash sir-asrorlarini Milliy gvardiya harbiy xizmatchilaridan o‘rganib, o‘zlari mazkur taomlarni tayyorlashdi.

Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismiga navbat berildi. Bolajonlar tomonidan tayyorlangan Vatan madhiga bag‘ishlangan kuy va qo‘shiqlar, she’rlar hamda sahna ko‘rinishlari mehmonlarga katta taassurot qoldirdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech