Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida talabalar o‘rtasida kamondan otish sporti bo‘yicha ichki birinchilik musobaqasi tashkil etildi. Bu tadbir talabalarning fizik tayyorgarligi va merganlik mahoratini sinashga qaratilgan bo‘lib, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshirishga xizmat qilmoqda. Musobaqada ipakchilik va tutchilik fakulteti talabalari faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Ular tayyorgarlikda ko‘rsatgan yuqori natijalar bilan jamoa va shaxsiy raqobatlarda g‘alaba qozondilar.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, g‘oliblar juda yaxshi chiqish qildi va ularning sportga bo‘lgan ishtiyoqi va mehnatlari o‘z samarasini berdi. Bu tadbir institutda sport madaniyatini rivojlantirish va talabalarni jismoniy faollikka rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgani bilan ahamiyatlidir.
Bo`lishmoq: