Harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila a’zolari ishtirokida "Oila jamiyat tayanchi" mavzusida uchrashuv va navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

08.Noy.2024

Guliston harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Qo‘riqlash boshqarmasida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila a’zolari ishtirokida "Oila jamiyat tayanchi" mavzusida uchrashuv hamda navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Ushbu sayyor qabul jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, yoshlar, xodimlar va oila a’zolarini huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etildi. Ular bilan ochiq muloqot shaklida o‘tgan sayyor qabulda ishtirokchilar kundalik turmushdagi hayotiy ehtiyojlari yuzasidan murojaat yo‘lladi.

Tashkil etilgan qabulda ishtirokchilardan jami 10 dan ortiq murojaatlar qabul qilinib, bir qanchasiga qonuniy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, ijrosi vaqt talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, mutasaddi idoralarga yo‘naltirildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech