Milliy gvardiya tashabbusi bilan Guliston “Ishga marhamat” monomarkazi va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikga koʻmaklashish boʻlimi hamkorligida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlarining oila aʼzolari ishtirokida “Mening oilam –mening faxrim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda dastlab, mamlakatimizda Milliy gvardiya tizimida olib borilayotgan islohotlar, xodimlar faoliyatida yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar xususida soʻz yuritildi. Masʼul xodimlar tomonidan shaxsiy tarkib oila aʼzolari bilan oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash birinchi oʻrindagi masala ekanligi taʼkidlab oʻtildi.
Shu bilan birga ushbu jarayonda oila aʼzolar uchun sayyor qabul ham boʻlib oʻtdi. Ushbu ochiq muloqot shaklida oʻtgan sayyor qabulda ishtirokchilar kundalik turmushdagi hayotiy ehtiyojlari yuzasidan sud-huquq masalalari, ishga joylashish, uy-joy, boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan yoʻllagan murojaatlari tinglandi.
Shuningdek, tadbirda Guliston “Ishga marhamat” monomarkazi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikga koʻmaklashish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻquv kurslari hamda boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha bir qancha maʼlumotlar berildi. Tadbir soʻngida hamkor tashkilot vakillariga tadbirda faol hamkorligi uchun tashakkurnomalar topshirildi.
Bo`lishmoq: