Oilada ayol kishi kitob o‘qishga qiziqsa, farzandlar ham kitob o‘qishga, ta'lim olishga qiziqishi ortadi, oiladagi ma’rifat yuksaladi. Shundan kelib chiqqan holda, harbiy qism harbiy xizmatchilar turmush o‘rtoqlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni kitobga yanada oshno qilish maqsadida Tayloq tumanida joylashgan AKM markazida davra suhbati o’tkazildi. Shuningdek ular kutubxona a’zoligiga qabul qilindilar va Abdurauf Fitratning "Oila" asari asosida suhbat tashkillashtirildi.
Bo`lishmoq: