Harbiy xizmatchilar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni badiiy adabiyotga ko'proq yo'naltirish maqsadida Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari bo'sh vaqtlarini boshqarma kutubxonasida o'tkazmoqdalar.
Mazkur dargohda turli yo'nalish va auditoriyaga mo'ljallangan nashrlar mavjud bo'lib, harbiylar jahon va o'zbek adabiyoti durdonalari, shuningdek, sohaviy adabiyotlarni chuqurroq o'rganishlari uchun kutubxona mutaxassislari tomonidan tavsiyalar muntazam ravishda berib borilmoqda.
Bo`lishmoq: