“Harbiy vatanparvarlik qo‘shiqlari ijrochiligi” yo‘nalishi bo‘yicha Respublika ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi

18.Avg.2025

Milliy gvardiya tizimida Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlab, harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” degan ezgu g‘oya asosida “Harbiy vatanparvarlik qo‘shiqlari ijrochiligi” yo‘nalishi bo‘yicha Respublika ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. 

Bugungi kunda yurtimizda yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanga muhabbat tuyg‘usini yuraklarga muhrlash, ularda sadoqat, jasorat va mardlik kabi tuyg‘ularini shakllantirish davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifalardan biriga aylangan.

Mana shunday ezgu maqsadlarni amalga oshirishda, albatta, harbiy san'atning, xususan harbiy qo‘shiqlarimizning, o‘rni beqiyosdir. Qo‘shiq el-yurtga bo‘lgan muhabbatni, iftixorni, faxr va g‘ururni chuqur ifoda etadigan kuchli tarbiyaviy vositadir.

Bu borada Milliy gvardiya tizimida ham Madaniyat vazirligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi bilan hakmorlikda muayan ishlar amalga oshirilimoqda. Jumladan gvardiyachilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi harbiy vatanparvarlik qo‘shiqlar ijrochiligi” tanlovi ham so‘zimizning tasdig‘idir. 

Tanlovning Milliy gvardiya Ma'naviyat va ma'rifat markazida bo‘lib o‘tgan respublika bosqichida 20 dan ortiq havaskor gvardiyachi ijodkorlar ishtirok etishdi.

Tanlovni shoir va kompazitorlarlardan tashkil topgan nufuzli hakamlar hay'ati baholab borishdi. Har bir kuylangan qo‘shiq Vatanparvarlik ruhiga yo‘g‘irilganligi bilan ajralib turdi. Shuningdek, ularning ijod na'munalarini tadbirga taklif etilgan yoshlar, askarlar hamda shaxsiy tarkib o‘z olqishlari bilan e'tirof etib turishdi. 

Ijro etilgan har bir qo‘shiq qalblarni tetiklashtirib, yuraklarga vatanparvarlik ilhomini ulashdi.

Yakunda Jamoat xavfsizligi universiteti ofiseri katta leytenant Muhammadxonov Shuhratxon g‘olib deb topildi.

2 va 3-o‘rinlarni Milliy gvardiya Ashula va raqs ansambli xonandasi kichik serjant Xabiev Shoxbos va Toshkent viloyatida joylashgan harbiy qismlaridan birining kichik serjanti Turg‘unboev Jasurbeklar egallashdi. 

Barcha g‘olib va sovrundorlar hamda qatnashchilar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Shuni ta'kidlashimiz kerakki, Vatan oldidagi burch faqat qurol bilan emas, qalb va so‘z bilan ham ado etiladi. Bugungi ijod mahsullari har bir yurakka "Men Vatan farzandiman!" degan faxr tuyg‘usini ulashdi!

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech