Askarlar bilan psixologik trening tashkil etildi

19.Avg.2025

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-3898-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Mirzo Ulug‘bek - buyuk davlat arbobi va ilm-fan homiysi" mavzusida mashg‘ulot tashkil etildi. 

Mashg‘ulotda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Musinov ishtirok etib, shaxsiy tarkibga mavzu yuzasidan kerakli maʼlumotlar yetkazdi.  

Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilarga Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech