Ajdodlar yodi ila yashaymiz mudom!

09.Fev.2025

Bugun Termiz shahrida buyuk bobokalonimizning ijodiy merosini o‘zida aks ettirgan Alisher Navoiy haykali joylashgan maydonda buyuk mutafakkir tavalludining 584 yilligi munosabati bilan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqanlar, buyuk bobokalonimiz yaratgan o‘lmas asarlari xalqimizning boy maʼnaviy merosida, xususan, yoshlar tarbiyasida alohida o‘rin tutishini taʼkidladilar.

Madaniy tadbirda Alisher Navoiy g‘azallaridan parchalar o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar kuylandi hamda "Alisher Navoiy" spektaklidan parcha namoyish etildi. Yakunda viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar va ziyolilar Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech