Bayram arafasida Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqamasida faxriylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi va tadbir davomida faxriylarga esdalik ko`krak nishonlari topshirildi

28.Dek.2024

Ushbu tadbirda avlodlar o‘rtasida tajriba almashish, o‘tgan yillarda erishilgan yutuqlarni eslab o‘tish va kelajakdagi maqsadlar haqida suhbatlar olib borildi. Milliy gvardiya faxriylari o‘zining boy xizmat tajribasini yosh avlod bilan bo‘lishib, ularni kelajakdagi xizmatga tayyorlash, tarbiyalash masalalarini muhokama qilindi. Shu bilan birga, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va Milliy gvardiyaning rivojlanishiga hissa qo‘shish borasidagi rejalari haqida so‘z yuritildi.
Bayramona ruhda o`tkazilgan tadbir davomida faxriylarga esdalik ko`krak nishonlari topshirildi. Tadbir yakunida Qo`riqlash boshqarmasi Shon-sharaf muzeyiga sayohat uyushtirilib, faxriylar muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Bu kabi uchrashuvlar o‘tkazish, harbiy xizmatni sharafli bajarish va avlodlar o‘rtasida yuksak o‘zaro hurmatni ta’minlashga xizmat qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech