Andijon viloyati Muxammad Yusuf nomidagi ixtisoslashtirilgan ijod maktabida yoshlarning jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligini oshirish maqsadida "Turon yo‘lbarslari" ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Ushbu tadbirda o‘quvchilar bir necha jismoniy va amaliy ko‘nikmalarda o‘z mahoratini ko‘rsatishdi. Tanlovda ishtirokchilar safda yurish, kamondan otish, turnikda tortilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqa mashqlarda bellashdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning Vatanga muhabbatini kuchaytirish, harbiy tayyorgarliklarini oshirish va mustahkam jismoniy holatga ega bo‘lishlarini taʼminlash edi. Tanlov barcha ishtirokchilar uchun sinov bo‘lib, ularning jismoniy tayyorgarligini, psixologik barqarorligini va birgalikda ishlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Tadbir oxirlarida eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar keyingi bosqichlarga yo‘llanma olishdi. Ushbu tadbir yoshlarning nafaqat jismoniy, balki maʼnaviy rivojlanishini ham qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Bo`lishmoq: