Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi 82318 harbiy qismda tadbir tashkil etildi

17.Sen.2024

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi 82318 harbiy qismda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi boshlig‘i hamda boshqarma psixologi tomonidan xizmat intizomi, harbiy xizmatlar o‘rtasida odob-axloq qoidalari, ularning ijtimoiy-ruhiy holati, harbiy xizmatchilar orasida jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida jamoat tartibini saqlashga jalb etilgan harbiy xizmatchilarga xizmat davomida fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, fuqarolarning huquq va burchlariga zid xatti-harakatlar qilmaslik, xizmat intizomini buzmaslik, komandirlar tomonidan xizmat oldi yo‘riqnomasini to‘g‘ri tashkil etish tushuntirib o‘tildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech