Farg'ona Davlat Universitetida "Vatan tayanchi" otryadi a'zolariga ko'krak nishonlarni topshirish va "Men ham harbiy bo'laman" kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi.

15.Okt.2024

Tadbirda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari, Universitet ma'muriyati, kafedra o‘qituvchilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan mamlakatimizda, xususan, milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy harbiy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi. Kitob taqdimotidan so'ng "Vatan tayanchi" otryadi a'zolariga ko'krak nishonlari topshrildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech