Qo‘riqlash bo‘linmalarining safdorlar tarkibini boshlang‘ich tayyorlash, tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari va patrullik faoliyati harbiy xizmatchilarini malakasini oshirish dasturi bo‘yicha o‘quv yig‘inlarida ishtirok etgan jami 65 nafar tinglovchilarning tantanali bitiruv marosimi o‘tkazildi va xodimlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.
Ushbu tadbirni Milliy gvardiya Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi boshlig‘i polkovnik J.Mirzaliyev kirish so‘zi bilan ochib, tinglovchilarni sertifikat qabul qilganliklari va o‘quv yig‘inini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, kelgusi xizmat faoliyati davomida xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida olib borayotgan sharafli ishlarida ulkan zafarlar tiladi.
Bo`lishmoq: