Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan "Giyohvandlikka qarshi kurashishi" oyligi doirasida Qo‘riqlash boshqarmasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ichki ishlar organlarining masʼul xodimlari, Din ishlari bo‘limi vakillari, Narkologiya dispanseri mutaxassislari va boshqarma shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Tadbir davomida giyohvandlikning jamiyatga yetkazayotgan zarari, yoshlar o‘rtasida uning oldini olish chora-tadbirlari va ularni sog‘lom hayotga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy masalalar muhokama qilindi. Mutaxassislar o‘z maʼruzalarida giyohvand moddalarning inson salomatligiga xavfli taʼsiri, ayniqsa, yoshlar o‘rtasidagi uning keng tarqalishi bilan bog‘liq muammolarga alohida to‘xtaldilar.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan din ishlari bo‘limi vakillari giyohvandlik va unga bog‘liq jinoyatlarning diniy va axloqiy jihatlarini tushuntirib o‘tdilar. Mahalliy aholi bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar va taʼlim-tarbiya tizimida ularni ogohlikka chorlash muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi. Suhbat davomida ishtirokchilar giyohvandlikka qarshi kurashda faol ishtirok etish, aholi orasida profilaktika tadbirlarini kuchaytirish, doimiy muloqot va hamkorlik orqali bu global muammoni hal etish zarurligi haqida yakdil fikr bildirdilar.
Bo`lishmoq: