Surxondaryoda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Vatan tayanchi” otryadiga aʼzo o‘quvchi yoshlar ishtirokida tashkil etilgan “FIDOYI YoSHLAR” harbiy vatanparvarlik o‘quv yig‘ini doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
Bugun o‘quv yig‘ini ishtirokchilari Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi hamda Chavandozlar maktabiga tashrif buyurib, tulporlarni ko‘paytirish hamda ot sportini rivojlantirish va ommalashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Bo`lishmoq: