O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek milliy maqom sanʼatini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash hamda xalqimiz, xususan, harbiy xizmatchilarni maqom sanʼati bilan keng tanishtirish orqali ularda milliy o‘zlikni anglash, ularni isteʼdodlarini aniqlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchillari o‘rtasida Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi va Urganch shahridagi Maqom markazi bilan hamkorlikda J.Manguberdi harbiy akademik litseyida viloyatlardan kelgan jamoalar, gvardiyachilar, yoshlar va san`atkorlar ishtirokida "Eng yaxshi o‘zbek milliy maqom sanʼati ijrochisi" tanlovi o`tkazildi. Hakamlar hayʼati xulosasiga ko‘ra, birinchi o‘rinni Toshkent viloyati, ikkinchi o‘rinni Farg‘ona viloyati, uchinchi o‘rinni Toshkent shahridan tashrif buyurgan gvardiyachilar egallashdi. Tashkilotchilar tomonidan g`olib va sovrindorlarga tashakkurnoma va diplomlar esdalik sovg`alari bilan birga topshirildi.
Xiva shahridagi "Ichan qal`a" majmuasida o`tkazilgan mazkur tadbirda gvardiyachilar va ularning oila a`zolariga hamda turistlar uchun konsert dasturi tashkil etildi.
Bo`lishmoq: