O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik shodiyonasi arafasida Respublikamizning barcha hududlarida qator bayram tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 16-17 avgust kunlari harbiy xizmatchilar o‘rtasida milliy ruhni yuksaltirish, maʼnaviy-maʼrifiy va milliy anʼanalarni asrab-avaylash maqsadida Termiz shahridagi Respublika Baxshilar maktabida gvardiyachilar o‘rtasida “Baxshichilik ijrochiligi” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirda namoyish etilgan konsert dasturlari, ijodiy chiqishlar, milliy va zamonaviy baxshilarning chiqishlari barcha ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirish bilan bir qatorda, ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbir yakunida tanlov g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Bo`lishmoq: