Gvardiyachilarning oila aʼzolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi

18.Avg.2025

Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi tashabbusi bilan gvardiyachilarning oila aʼzolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi.

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi — gvardiyachilar oilalarining salomatligini yanada mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ijtimoiy himoya tizimini yanada kuchaytirishdan iboratdir.

Tibbiy koʻrik davomida mutaxassis shifokorlar tomonidan umumiy sog‘liq, kardiologiya, oftalmologiya, stomatologiya va boshqa yo‘nalishlarda batafsil tekshiruvlar o‘tkazildi.

Tadbir harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolariga mehr va eʼtibor ko‘rsatish, ularni ijtimoiy-maʼnaviy hayotda qo‘llab-quvvatlashning amaliy ifodasiga aylandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech