Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuyg'ularini yanada shakllantirish maqsadida Buxoro shahridagi Zarmed universiteti talabalari uchun Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Xalq va armiya-bir tanu bir jondir" shiori ostida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.
Shuningdek, tashkil etilgan tadbirda harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘rgazmali qo‘l jangi usullari, kamondan otish, chavandozlik, anjom-aslaxalar va harbiy texnikalar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Talaba yoshlar harbiylarning qurol-aslaxalari va harbiy texnikalari bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir davomida yoshlar harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Bo`lishmoq: