Xodimlar orasida xizmat va ijrochilik intizomiga rioya qilish, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish, jinoyat va huquqbuzarliklarni keskin kamaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Navoiy harbiy prokuraturasi hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati ishtirokida xodimlar bilan ayni shu masalalarda uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda soʻz olganlar, xodimlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, ularning kelib chiqish sabablari, xizmat intizomiga rioya qilishlari yuzasidan alohida toʻxtalib oʻtdilar. Bundan tashqari shaxsiy avtotransport vositalari mavjud xodimlarga ham yoʻl harakati qoidalariga amal qilishlari, avtotransport vositalarini oʻz vaqtida texnik koʻriklardan oʻtkazib turishlari haqida ogohlantirildi.
Uchrashuv yakunida barcha masʼullarga qoʻl ostidagi shaxsiy tarkibga mazkur masalalarning toʻliq mazmunini yetkazishlari boʻyicha topshiriqlar berildi.
Bo`lishmoq: