Xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida profilaktik tadbir o’tkazildi.

17.Okt.2024

Milliy gvardiya Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi masʼullari hamkorligida shaxsiy tarkib ishtirokida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish hamda xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida muntazam ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazilib borilmoqda.

Ayni shu borada o’tkazilgan navbatdagi tadbirda so‘zga chiqqanlar, xodimlar tomonidan sodir etilayotgan intizom buzilish holatlarini oldini olish, shaxsiy tarkib orasida turli noxush holatlarni bartaraf etish, xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilik talablarini mustahkamlash, shaxsiy va xizmat avtotransportlarni boshqarish bilan bog‘liq salbiy oqibatlar to‘g‘risida maʼlumotlar berdi.

Shuningdek, xodimlarning fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lishlari, tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyani oldini olish, belgilangan tartib va meʼyorlarni buzmaslik to‘g‘risida asoslantirilgan va aniq fikrlar aytildi.

Uchrashuv so‘ngida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan batafsil maʼlumotlar oldilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech