Xorazm viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasi psixologlari tomonidan tizimda xizmat qilayotgan xodimlarning psixologik bilimlarini oshirishga qaratilgan trening mashg‘ulotlari tashkil etildi. 

04.Noy.2024

Ushbu treninglar xodimlarning xizmat faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, sezgirlikni oshirish va xotirani mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Treningda ishtirokchilar turli psixologiya va kommunikativ texnologiyalarni o‘rganishdi. Shuningdek, mashg‘ulotlarda jamoa bo‘lib ishlash, stressga qarshi kurashishga alohida eʼtibor qaratildi.

Ushbu tadbir xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirishga, xizmat jarayonida ularning psixologik barqarorligini taʼminlashga yordam beradi. Treninglar orqali ishchilar o‘z emotsiyalarini boshqarish, moslashuvchanlikni kuchaytirish va muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirish imkoniga ega bo‘lishadi. Tadbirdan so‘ng, ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi, bu esa kelgusidagi xizmat faoliyatni yanada samarali o‘tkazishga xizmat qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech