“Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida yana bir keng qamrovli vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi

09.Yan.2025

Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Milliy gvardiya Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat kengashi hamkorligida, 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni oldidan “Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirga Milliy gvardiya faxriylari hamda Toshkent viloyatidagi 8-13-57 sonli umumta’lim maktablarining harbiylashtirilgan 100 nafarga yaqin o‘quvchilari ishtirok etishdi. Harbiy texnikalar va xizmat itlari ko‘rgazmasi, kamondan otish musobaqalari tashkil etildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech