"Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi

22.Dek.2024

"Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy qism tomonidan Qo‘qon shahrida joylashgan ta‘lim muassasalari o‘quvchi yoshlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari harbiy xizmatchilarning hayoti, harbiy xizmatchilarning shaxsiy himoya vositalari, harbiy texnikalar, kinologiya, ot sporti, tog‘ tayyorgarligi mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishdi. Yoshlar aqliy va jismoniy salohiyat kasb etadigan harbiylik kasbining naqadar sharafli ekanligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, o‘zlarida ham vatanparvarlik tuyg‘ulari mujassam ekanligini yashirib o‘tirishmadi. Shuningdek, yoshlar harbiy qismda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Tadbir davomida, anjom-aslahalar, qurol-yarog‘lar va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech