Yangibozor tumani hokimligi hamda tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va boshqa jarayonlarga dahldorlik tuyg‘ularini rivojlantirish, ularni kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda kelgusi xizmat faoliyatiga tayyorlash maqsadida “Vatanga sodiq yoshlarmiz” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirning avvalida sektor rahbarlari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib unda yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar shundan so‘ng, harbiy orkestr o‘zlarining vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan chorlovchi sado va ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish ettilar.
Shuningdek, yoshlar uchun qurol-aslaha va maxsus vositalarning ko‘rgazmasi hamda sportning kamondan otish turi bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.
Bo`lishmoq: