Respublikadagi har bir tuman (shahar)da bitta umumiy o‘rta taʼlim maktabi negizida bolalarni kichik yoshidan Vatanga cheksiz sadoqat ruhida, jismonan sog‘lom va maʼnaviy yetuk insonlar qilib tarbiyalashga yo‘naltirilgan ”Jasorat maktabi” faoliyatini yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan, Kosonsoy tumanidagi 25-sonli umumtaʼlim maktabida ushbu tizim yo‘lga qo‘yildi. Taʼlim tashkilotlari negizida tashkil etilan “Jasorat maktablari” Favqulodda vaziyatlar vazirligiga biriktirildi. Bundan tashqari ushbu maktabda “Yosh gvardiyachilar” sinfi ham tashkil etilgan.
Bugungi kunda ushbu umumtaʼlim maktabiga biriktirilgan Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor psixologi leytenant O.Mahmudov darsdan so‘ng yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular ongiga tinchlik va totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrab avaylash zarurligini chuqur singdirish, degan ezgu tamoyili asosida amaliy dars mashg‘ulotlari olib bormoqda.
Bo`lishmoq: