Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kitobxonlikni rivojlantirish va qoʻllab quvvatlash Milliy dasturi" yuzasidan 781-sonli qarori va Milliy gvardiya qoʻmondonining 2024-yil 26-dekabrdagi 1-sonli derektivasi ijrosini taʼminlash maqsadida Universitet kursantlari oʻrtasida Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asaridan test sinovlari qabul qilindi. Universitet 4-kursantlar batalyoni ishtirokida asar mutoolasi doirasida vatanparvarlik, shukronalik, chidamlilik, tarixiy qadriyatlarni anglash, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur faoliyati va ijodini oʻrganishga oid bilimlarni egallash yuzasidan kitobxonlik kechasi oʻtkazildi.
Bo`lishmoq: