Joriy yilda Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan “Keksalar uchun Turizm oyligi” doirasida muhim tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbir Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toyloq tumani boʻlinmasi hamda Nuroniylar kengashi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Tadbir doirasida Toyloq tumanidagi keksalar, mahalliy aholi va nuroniylar uchun Samarqand shahridagi tarixiy obidalar va ziyoratgohlarga sayoxat tashkil etildi. Sayoxat davomida ishtirokchilar Samarqandning eng muhim tarixiy yodgorliklari bilan tanishdilar, shu jumladan, Ulugʻbek rasadxonasi, Afrosiyob muzeyi hamda Hazrati-Xizr kabi buyuk tarixiy va madaniy meroslar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻlishdi.
Ushbu tadbir nafaqat keksalarning maʼnaviy va fizik sogʻlomligini mustahkamlashga, balki ularni oʻz Vataniga, tarixga va madaniyatga boʻlgan muhabbatini yanada oshirishga qaratilgan muhim saʼy-harakatdir. Sayoxat qatnashchilari tarixiy yodgorliklar va ziyoratgohlar orqali milliy madaniyatning boy merosini tan olish, oʻz yurtlariga boʻlgan eʼtibor va hurmatni yanada oshirish maqsadida uyga qaytdilar.
Shu tariqa, Milliy gvardiya va mahalliy tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu sayoxat keksalar uchun muhim maʼnaviy va mafkuraviy ahamiyatga ega boʻlib, ularning hayotlariga yanada yangi mazmun va quvonch qoʻshdi.
Bo`lishmoq: