Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o’quv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari o’rtasida yo’l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish, yo’llarda harakatlanish madaniyatini yanada oshirish hamda yo’l harakati qoidalariga kiritilgan so’ngi o’zgartirish va qo’shimchalardan xabardor qilish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda seminar mashg’uloti o’tkazildi. Mashg’ulot davomida ma’ruzachi tomonidan yo’llarda harakatlanish davomida yo’l harakati qoidalariga rioya qilish o’zimiz va oila a’zolarimiz hamda yaqinlarimizning salomatligini saqlashi, ularning ko’zlagan manzillariga sog’-salomat yetib olishlarini ta’minlashi, shunday ekan barchadan yo’l harakati qoidalari yuzasidan yetarli bilimga ega bo’lish, unga qat’iy amal qilish talab etilishi, harakat davomida hamisha hushyor harakatlanish, sergaklikni yo’qotmaslik, yo’l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan madaniyatli bo’lish borasida tushuntirish ishlari olib borilib, tadbir ishtirokchilarini mavzuga oid o’zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi. Shuningdek, tezlikni oshirish, yo’l harakati qoidalariga rioya etmaslik hamda o’ziga ortiqcha ishonch bildirish oqibatida yuzaga kelgan hodisalar yuzasidan videofilm namoyish etilib, bu kabi holatlardan har bir xodim o’ziga tegishli xulosa qilishi lozimligi yetkazildi.
Bo`lishmoq: