Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o’quv markazi tinglovchilarining navbatdagi o’quv kursini yakunlaganliklari munosabati bilan tantanali bitiruv marosimi bo’lib o’tdi.
Unda jami 29 nafar Milliy gvardiya Qo’riqlash xizmati xodimlariga sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, o’quv kursi davomida berilayotgan bilim va ko’nikmalarni egallashga bo’lgan intiluvchanligi, namunali xulqi uchun bir guruh tinglovchilarga Markaz rahbarining tashakkurnomalari topshirildi.
Bo`lishmoq: