Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasiga qarashli harbiy qismda kitob yarmarkasi tashkil etildi

29.Yan.2025

Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasiga qarashli harbiy qismda kitob yarmarkasi tashkil etildi. Ushbu tadbir kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va harbiy xizmatchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida o'tkazildi.

Yarmarka doirasida harbiy xizmatchilar yurtimizning yetakchi nashriyotlarida chop etilgan badiiy, ilmiy va huquqiy adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlari uchun kerakli kitoblarni harid qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech