Jadidlarga munosib avlodlarmiz
Buyuk jadid maʼrifatchilarimiz ilgari surgan “Tilda, fikrda, ishda birlik” degan shior ayni bugungi kunimiz uchun Yangi O‘zbekiston uchun aytilgan nihoyatda tasirchan kuchli bir davatdir. Chindan ham biz Vatan posbonlari hamisha Tilda, fikrda, ishda hamjixat bo‘lib harakat qilishimiz zarur, bu ezgu va oliyjanob g‘oya butun halqimiz avvalam bor farzanlarimiz qalbidan chuqur joy egallishi kerak.
Sh.MIRZIYOYEV
Muxtaram Prezidentimizning yosh avlodni tarbiyalash, ularning maʼnaviyatini oshirish, Vataniga, Xalqiga sodiqlik xissini kuchaytirishga qaratayotgan sayi harakatlari zamirida Davlatimizning kelajagi turganligini anglash mumkin.
Albatta, ushbu tashabbuslar Mamlakatimizni o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga olib chiqishda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlarni yetishtirib chiqarish kabi dolzarb vazifalarni qamrab olgan.
Biz qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-maʼrifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yana-da chuqur o‘rganishimiz lozim. Ularning ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi mardona kurashi va fidoyiligi yoshlarimiz uchun chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishi zarur.
Ular millatni kuchli millat qilib tarbiyalashni maqsad qilgan edilar. Jaholat va qoloqlikka qarshi maʼrifat bilan kurashish, ana shu asosda hurriyatga erishish, Vatanning buyuk shaʼnu shavkatini tiklash jadid taʼlimotining o‘zak g‘oyasi hisoblanadi.
Bu maʼnaviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi.
Aslida jadid bobolarimiz isloxotchigina emas, eng avvalo kuchli kurashchi bo‘lmaganlarida Yangi Turkiston orzusi yashab qolmagan bo‘lardi va bugungi kunga kelib Yangi O‘zbekiston orzusiga aylanmagan bo‘lardi.
Yurtboshimiz taʼbiri bilan aytganda “Buyuk jadid maʼrifatchilarimiz ilgari surgan “Tilda, fikrda, ishda birlik” degan shior ayni bugungi kunimiz uchun Yangi O‘zbekiston uchun aytilgan nihoyatda taʼsirchan kuchli bir davatdir. Chindan ham biz Vatan posbonlari hamisha Tilda, fikrda, ishda hamjixat bo‘lib harakat qilishimiz zarur, bu ezgu va oliyjanob g‘oya butun halqimiz avvalam bor farzandlarimiz qalbidan chuqur joy egallishi kerak”.
Tilda, fikrda, ishda yakdil bo‘lolmaslik, aslida payimizni poylayotgan asosiy dushmanimizdir va bu ichki dushmanimizni yakson qilmasak, tashqi dushman oldida kuchsiz, jonsiz jasad bo‘lib qolamiz, oqibatda o‘zimizga o‘zimiz dushmanlik qilgan bo‘lamiz, o‘zimizga choq qazigan bo‘lamiz, chunki yoppasiga tilimizni ham, fikrimizni ham ishimizni ham buzishga shay bo‘lib turgan tashqi taxdidlar oldida biz ham yoppasiga shay bo‘lishimiz lozim buning uchun esa bizga kuch bag‘ishlaydigan yagona quvvat manbai Vatanga bo‘lgan muhabbatimiz!
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, xodimlari va ularning oila aʼzolari hamda yoshlarni maʼnaviyatini oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda asosiy yo‘nalishlarini belgilab olib qo‘shma qaror (memorandum) loyihalari ishlab chiqildi.
Mazkur “Jadidlarga munosib avlodlarmiz” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda ham, Jadid bobolarimiz isloxatchigina emas eng avvalo kuchli kurashchi bo‘lmaganlarida Yangi Turkiston orzusi shu kungacha yashab, hozirgi Yangi O‘zbekiston orzusiga aylanmagan bo‘lishi haqida so‘z boradi.
Tadbirning birinchi kuni yoshlarning O‘zbekiston tasviriy sanʼat galereyasiga tashrifi tashkillashtirilib, unda jadid bobolarimiz hayotiga bag‘ishlangan “Xotira yo‘lagi” ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Yoshlarimizda katta tassurot qoldirgan ushbu ko‘rgazmaning mantiqiy davomi sifatida tashkillashtirilgan mazkur tadbirda, Milliy gvardiya Markaziy devoni Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Z.Alimov so‘zga chiqib, barcha uchun ulkan masʼuliyat hissi bu Vatanni himoya qilish, chunki shu Vatan hammaniki, demak uni himoya qilish ham barchani vazifasi ekanligini taʼkidlab, jadid bobolarimiz kabi ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlarni yetishtirib chiqarish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi ekanligini alohida eʼtirof etdi.
Shundan so‘ng, tadbirning asosiy qismiga navbat berilib, dastlab tadbir ishtirokchilari uchun yoshlarning ko‘rgazmaga bo‘lgan tashrifidan videolavhalar tomosha qilindi. Shundan so‘ng Jadid bobolarimiz to‘g‘risida Davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan fikrlari aks etgan videoroliklar, mavzuga oid sahna ko‘rinishlari, buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlanib kuylangan qo‘shiqlar namoyish etildi.
Jadidlar faoliyatiga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar, monologlar, sahna ko‘rinishlari hamda maxsus-harbiy sport klubi aʼzolari tomonidan tayyorlangan qo‘l jangi ko‘rgazmali chiqishlar barchaga yuqori kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, jahon chempionlari bilan bo‘lgan suhbatdan yoshlar o‘zlari uchun motivatsiyalar olishdi. Mavzu yuzasidan o‘tkazilgan savol-javob viktorinalari g‘oliblari bo‘lsa, munosib taqdirlandi. Milliy gvardiya harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilarining chiqishlari ham mehmonlarning eʼtiboriga sazovor bo‘ldi va tadbir so‘nggida yangragan “Yangi O‘zbekiston” hamda “Milliy gvardiyam” qo‘shiqlari birgalikda ishtirokchilar kuylashdi.
Bo`lishmoq: