Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida, “4 avgust O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil topgan kun!” munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi

08.Avg.2024

Tadbir, Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev boshchiligida bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, xususan, Harbiy prokuratura, Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralari, Harbiy sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlarlar va Yoshlar agentligi mutasaddi rahbarlari, shuningdek tizim faxriylari, xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolari hamda soha vakillari ishtirok etishdi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni kirish so‘zida Muhtaram Prezidentimiz Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida Qurolli kuchlarimiz mamlakatimiz taraqqiyoti, tinchligi va barqarorligining ishonchli kafolatiga, chinakam jasorat va matonat maktabiga aylanganligini taʼkidlab o‘tdi.

Islohotlar jarayonida bundan yetti yil oldin, Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo‘shinlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vazifalarga ega bo‘lgan maxsus turi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilganligi va 2020 yil 18 noyabrdagi “Milliy gvardiya to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi tizim faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqqaniga alohida urg‘u berib, shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Milliy gvardiya shaxsiy tarkibi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulotda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizligi xizmati, Prokuratura organlari va boshqa vazirliklar va tashkilotlar bilan xamkorlikda aholi tinchligi va osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilib, ayniqsa, xalqimiz uchun sinovli kunlarda fidoyilik ko‘rsatib kelayotganliklarini va bundan keyin ham “Burch, Sadoqat, Jasorat” shiori ostida o‘z burchlariga sadoqatini namoyon etishlariga ishonch bildirdi.

So‘zga chiqqanlar ham Milliy gvardiya tomonidan qisqa fursatda erishilgan yutuqlar, jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va boshqa tegishli sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida eʼtirof etib o‘tishdi.

Shundan so‘ng, Muhtaram Prezidentimizning “Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida erishayotgan barcha yutuq va marralarimizda Qurolli Kuchlarimiz va ularning saflarida o‘z vazifasini sidqidildan ado etayotgan ming-minglab harbiylarimizning munosib hissasi bor” degan eʼtiroflari barchamiz uchun yuksak sharaf ekanligi taʼkidlanib, Milliy gvardiya qo‘mondoni, shuningdek hamkor vazirlik rahbarlarining buyruqlari o‘qib eshittirilgan holda tizimda fidokorona xizmat olib borayotgan bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolari munosib taqdirlandilar.

Tadbir konsert dasturlariga ulanib ketdi va barchaga birdek bayramona kayfiyat ulashdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech