Muddatli harbiy xizmatchilarning dam olish kuni mazmunli tashkil etildi

07.Okt.2024

Milliy gvardiya saflarida oʻz yigitlik burchini ado etayotgan yigitlarning dam olish kunini mazmunli tashkillashtirish maqsadida haftaning har yakshanba kunlari turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, teatr tomoshalari va muzeylarga sayohatlar amalga oshiriladi. 

Xususan, Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilari uchun Margʻilon shahar tarixi muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.

Sayohat davomida muzeyda saqlanayotgan 6383 donadan ortiqroq eksponatlar koʻzdan kechirildi. Muzeyda faqat Marg‘ilonga mansub noyob amaliy sanʼat buyumlari: milliy kashtachilik, kiyim-kechaklari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, daraxtdan yasalgan buyumlar, zargarlik buyumlari namoyish etilgan. Tadbir davomida askarlarga muzeydagi barcha eksponatlar, arxeologik topilmalar bo‘yicha muzey mutaxassis xodimlari tomonidan to‘liq ma’lumotlarga ega boʻldilar.

Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo’yicha boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilari uchun esa ko’hna Samarqand shahrining Registon maydoniga sayohat tashkil qilindi.

Ushbu maydon shaharning diqqatga sazovor muhim joylaridan biri bo‘lib, qadimiy, ammo hamisha navqiron shaharsozlik ansambli sifatida butun dunyoga dongi ketgan. Uni uchta qudratli maqbara binosi qurshab olgan bo‘lib, har biri alohida noyob bezak bilan pardozlangan. Ekskursiya davomida muddatli harbiy xizmatchilar uzoq tarixga sayohat qilib, Samarqand shahri to’g’risida ko’plab maʼlumotlarga ega bo’lishdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech