Namunali xizmat — ragʻbatga loyiq!

28.Okt.2024

Milliy gvardiya tizimidagi inspektor-psixologlari oʻz xizmat vazifalariga vijdonan yondashib, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktika tadbirlarini samarali tashkil etishlari natijasida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarning oldi olinmoqda.

Bugun ushbu yoʻnalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish va manzilli tashkil etish maqsadida 

Milliy gvardiya qoʻmondonining oʻrinbosari raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.  Unda maktabdagi davomatni yaxshilash, oʻquvchilarni dars jarayonlariga qaytarish va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha aniq vazifalar va topshiriqlar berildi. 

Shundan soʻng, Milliy gvardiya qoʻmondonining harbiy xizmatchilarni sergak xizmat olib borishlari natijasida, fuqarolar xavfsizligi taʼminlanayotganligi hamda oʻzining fidokorona xizmatlari bilan safdoshlariga namuna bulayotgan harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi buyrugʻi oʻqib eshittirildi. 

 Unda Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi inspektor-psixologi leytenant M.Mirzayeva tomonidan joriy yilning 25-oktabr kuni Andijon tumani 33-sonli oʻrta maktabda olib borilgan “Tigʻ” tadbirida oʻzining sergakligi tufayli koʻngilsiz holatlar kelib chiqishi mumkin boʻlgan qator holatlarni oldi olinganligi munosabati bilan, qolganlarga oʻrnak sifatida koʻrsatilib, unga “Milliy gvardiya esdalik qoʻl soati” topshirilgan holda munosib ragʻbatlantirildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech