Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, o‘zaro zakovat va bilimlarini sinash orqali rag‘batlantirish maqsadida harbiy xizmatchilar o‘rtasida shaxmat-shashka va “Zakovat” o‘yinlari tashkil etildi. Tadbir yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar shuningdek, kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.
Bo`lishmoq: