Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida harbiy xizmatchilar o‘rtasida "Navoiyning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi" mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi. Unda ishtirokchilar ulug‘ mutafakkir hayoti va ijodini o‘z taassurotlari orqali bayon etdilar. Yakunda eng sara ijodiy ishlar sohiblari boshqarma rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bu esa xodimlarning ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini chuqurroq o‘rganishga, ularning maʼnaviy saviyasini oshirishga xizmat qildi.
Bo`lishmoq: