Ot sportining tentpegging turi bo‘yicha xalqaro seminar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va "Ochiq eshiklar" kuni bo‘lib o‘tdi

31.Yan.2025

2025 yilning 20-yanvar kunidan 30-yanvar kuniga qadar Milliy gvardiya va O'zbekiston Tent pegging federatsiyasi hamkorligida ot sportining tent pegging turi bo'yicha xalqaro seminar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va havaskor yoshlar uchun "Ochiq eshiklar" kuni bo'lib o'tdi.

Xalqaro seminar va o'quv-mashg'ulot yig'ini yakunida Milliy gvardiya qo’mondoni o’rinbosari polkovnik S.Mamayusupov ishtirok etdi. Unda o'quv-mashg'ulot yuqori darajada o‘tkazilganligi, ot sportining tentpegging turini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilib, harbiy xizmatchilar va sportchi yoshlar jamoalari shakllantirilganligi, ot sportining tent pegging turini yurtimizda yanada rivojlanishiga, kelgusidagi faoliyatlarda muhim dastur bo‘lib xizmat qilishi haqida so'z yurtti.

Shuningdek, Milliy gvardiya Kavaleriya eskadroni hududida tashkil etilgan "Ochiq eshiklar" kunida yoshlarni ot sportiga qiziqtirish va ularga faol targ'ib qilish maqsadida havaskor yoshlar jalb etildi. Shu bilan bir qatorda seminarda yig'ilganlar va havaskor yoshlar uchun Milliy gvardiya Kavaleriya eskadroni chavandozlari ot sportining tentpegging turi bo'yicha ko'rgazmali chiqishlar va ot ustida jigitovka elementlarini namoyish etishdi.

Mazkur o'quv-mashg'ulot yig'inida Milliy gvardiya Chavandozlar maktablarining murabbiy va sportchilari ishtirok etishdi. Tent pegging bo'yicha o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini Pokiston Islom Respublikasidan tashrif buyurgan xalqaro toifadagi murabbiy va hakam Muhammad Safdar Ali Sultan nazariy va amaliy tarzda olib bordi.

Ushbu o'quv-mashg'ulotlar Milliy gvardiya Ot sporti bo'yicha oliy sport mahorati maktabi, "Universal horses stabel" ot sporti klubi va Markaziy ippodrom hududlarida o'n kun davom etib, unda xalqaro toifadagi murabbiy va hakam Muhammad Safdar Ali Sultan tent pegging turini qonun qoidalarini o‘rganish, otsiz nayzada ishlash texnikasi, otsiz qilichda ishlash, ot ustida nayzada ishlash, ot ustida qilichda ishlash, ot ustida harakatlanganda nishonga to‘g‘ri yo‘nalish texnikalarini va musobaqalarni tashkillashtirish hamda hakamlikka o‘rgatish bo'yicha o'zining bilim, ko'nikma va malakalarini ulashdi.

Xalqaro o'quv-mashg'ulot va seminar yakunida xalqaro toifadagi murabbiy va hakam Muhammad Safdar Ali Sultan va o'quv-mashg'uot jarayonlarini muvafaqqiyatli tugatgan ishtirokchilarga Milliy gvardiya qo’mondoni o’rinbosari polkovnik S.Mamayusupov hamda O'zbekiston Tentpegging federatsiyasi vakillari sertifikatlar topshirishdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech