Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi hamkorligida Baliqchi tumani "Qoʻriqlash" boʻlimida otaliqqa olingan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar boʻyicha muhokama oʻtkazildi. Ushbu tadbirda yoshlarning ijtimoiy faoliyati, huquqiy savodxonligi va ularni mustaqil hayotga tayyorlashdagi rollari haqida fikrlar bildirildi.
Muhokamada yoshlar bilan ishlashdagi muammolar va ularni hal qilish yoʻllari muhokama qilindi. Bundan tashqari ish samaradorligini oshirish, yoshlarning muammolariga javob berish va ularning potensialini ochishga qaratilgan strategiyalar belgilab olindi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning ijtimoiy sohadagi faolligini oshirish, ularga yordam berish va ularning huquqiy bilimini kengaytirishdir.
Bo`lishmoq: