Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari asosida viktorina oʻtkazildi

06.Fev.2025

Kitobxonlik kuni doirasida Milliy gvardiya brigadasi harbiy xizmatchilari oʻrtasida Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari asosida viktorina oʻtkazildi. Tadbirda Uchtepa tumani Axborot kutubxona markazi boshligʻi Xodjayeva Barchinoy Xabibovna, Uchtepa tumani axborot kutubxona markazi boʻlim boshligʻi Turajanova Shohida, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Uchtepa tumani boʻlinmasi bosh mutaxassisi Norqobilova Saodat Rashidovna ishtirok etdi.

Viktorinada harbiy xizmatchilarning asarni mutolla qilish asnosida olgan bilimlari sinovdan o’tkazildi. Berilgan savollar orqali asar mazmuniga doir ko’nikmalar yanada mustahkamlandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech