"Posboniman muqaddas yurtning" mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi

05.Yan.2025

Milliy gvardiya Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 33 yilligi va 14-anvar "Vatan himoyachilar kuni" munosabati bilan Samarqand Davlat universitetida "Posboniman muqaddas yurtning" mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. 

 Ushbu tanlov harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida tashkil etildi, va vatanimizning adolatparvar posponlari o‘zlarining ezgu fikr va mulohazalarini qog‘ozga tushirishdi. Maqsad – yurtimizning tinchligi, mustaqilligi va xalqi uchun jangovar xizmat qilish kabi muqaddas burchlarning ahamiyatini yoritish, o‘z vataniga sadoqat va jonkuyarlik hissini namoyon etishdir. Insholar tanlovi har bir ishtirokchiga o‘z fikrlarini bevosita va yuksak ma’naviy qadriyatlar asosida ifodalashga imkon beradi. 

 Tadbir yakunida insholar tanlovida faol ishtirok etgan hamda g‘oliblar Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan taqdirlandilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech