SHUHRATING PORLASIN TOKI BOR JAHON!

10.Dek.2022

2022 yil 10 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ma'naviyat va ma'rifat markazida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Madaniyat vazirligi, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, ichki ishlar vazirligi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, "Vatanparvar" tashkiloti, O'zbekiston jurnalistlar uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi hamkorligida O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan "Shuhrating porlasin toki bor jahon!"shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram tadbirini Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Minxojiddin Mirzo kirish so'zi bilan ochib, ushbu bayramning mazmun-mohiyati, madhiyamizning mustaqil davlatimiz ramzi ekanligi, uni yoshlarda milliy vatanparvarlik hisini tarbiyalatishdagi o'rni, madhiyamizning yaratilish tarixi, O'zbekiston davlatchiligida tutgan ahamiyati haqida to'xtaldi.

Shundan keyin bayram tadbirining asosiy kismi boshlandi. Madhiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda badiiy dasturlar namoyish etildi. El suygan xonandalar, harbiy xizmatchi va xodimlar tomonidan vatanparvarlik, barchamiz uchun muqaddas bo'lgan shu zaminni ulug'lovchi qo'shiklar yangradi, raqslar ijro etildi.

Tadbir davomida sanaga bag'ishlab o'tkazilgan "Shuhrating porlasin toki bor jahon!"mavzusida Davlat madhiyasini jamoaviy jo'r bo'lib kuylash tanlovining g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan rag'batlantirildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech