Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasida gvardiyachilar va ularning oila aʼzolari uchun "Shukronalik va vatanparvarlik oiladan boshlanadi, shuningdek oila byudjetini toʻgʻri taqsimlash va rejalashtirish yoʻllari" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unga Nukus harbiy prokuraturasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, oila va xotin-qizlar qoʻmitalaridan masʼullar taklif etildi.
Tadbirda 100 dan ziyod gvardiyachilar va ularning oila aʼzolari ishtirok etishdi. Davra suhbatida juda dolzarb va har birimizga bevosita taalluqli boʻlgan ikkita mavzu boʻyicha soʻz yuritildi. Yaʼni ikki tushunchaning oʻzaro bogʻliqligini, shukronalikni hayotga baraka olib kirishini, oqilona byudjet esa bu barakani mustahkamlashi haqida mutaxassislar tomonidan tushuntirib berildi.
Albatta oila byudjetini toʻgʻri taqsimlash bu yaxshi turmush sharoitini yaratishning asosiy omilidir. Aynan shu jihatlar davra suhbati davomida muhokama markazida boʻldi.
Bo`lishmoq: